O'zbekiston futbol assotsiyatsiyasi mamlakat futbolini rivojlantirishga, xususan, trenerlik faoliyatining sifatini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu munosabat bilan "O'FA" tashabbusi bilan mamlakatimiz murabbiylarining bilim va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Xususan, Toshkentda "PRO" diplomi dasturiga bag'ishlangan xalqaro o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda. 1-modul 2018-yil 12-22 noyabr kunlari bo'lib o'tdi. Buyuk Britaniyalik FIFA instruktori Gari Fillips va Quvaytlik FIFA instruktori Bader Ahmat ushbu kursning 1-modulini o'tkazishdi. Unda 22 nafar trenerlar, 19 nafari mahalliy va 3 ta xorijiy trenerlar ishtirok etishdi. 2-modul 5 dekabrdan boshlanadi.