Futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi AFCning Fitness Level 1A va Fitness Level 1B darajali jismoniy tayyorgarlik dasturlari bo'yicha xalqaro murabbiylik kurslariga qatnashuvchilarni qabul qilishini e'lon qiladi.
Zamonaviy futbolda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylarning vazifalari ko'lami juda keng. Fitnes bo'yicha murabbiy fiziologiya haqida hamma narsani bilishi kerak, turli mushak guruhlari uchun mashqlar, har bir futbolchining genetikasi va jarohatlari tarixini bilishi, o'yinchilarga shakllanishiga yordam berishi, jamoa a'zolari uchun individual ish rejasini tuzishi, guruhlar bilan ishlashni bilishi kerak va albatta motivatsiya berishni sedan chiqarmasligi kerak.
Kursimizda OFKning malakali instruktori o'zining maksimal bilimini beradi. Natijada, dasturga ko'ra, kurs ishtirokchilari sport mashg'ulotlarida ulardan foydalanish bo'yicha maxsus bilim va salohiyatlarga ega bo'lishadi.
Kurs trenerlari uchun asosiy mezonlar:
Fitness Level 1A uchun oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot. (jismoniy, pedagogik) hamda, "B" diplomining mavjudligi.
Fitness Level 1B darajasi uchun, sport inshootlarida 1 yilgacha va undan yuqori ish tajribasi, shuningdek, fitness Level 1A darajali sertifikati mavjudligi.