Bugun 2022-yil 11-aprel sanasidan Navoiy viloyatida OFKning FUTSAL LEVEL-I oʻquv-kurslariga start berildi.
Ushbu oʻquv kursiga OʻFA instruktori Furqat Xayrullayev boshchilik qilmoqda. Shuningdek instruktor assistenti sifatida Ravshan Ibragimov faoliyat olib bormoqda.
Eslatib oʻtamiz kursda 20 nafar futzal murabbiyligiga nomzodlar ishtirok etishmoqda hamda 17-aprel sanasiga qadar davom etadi.