Buxoro shahrida 12-aprel kuni O’FAning “D” litsenziyasi bo’yicha o’quv kursiga start berilgandi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Farrux Hamraev bajarmoqda. Unga Komil Samiyev assistentlik qilmoqda. Mazkur kurslarda 20 nafar murabbiylik uchun davogarlar qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
Ushbu o’quv kursi kundan-kunga qizg’in tus olmoqda. O’quv kursi davomida murabbiylik uchun davogarlarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatilmoqda. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O‘FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritishdi.