Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shu o'rinda, 9-14 noyabr kunlari Toshkentda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (FMTM) OFK “A” litsenziyasi bo'yicha murabbiylik kursining beshinchi moduli bo'lib o'tmoqda.
O'quv jarayoni FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov rahbarligida olib borilmoqda. Modul nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi.
OFK “A” litsenziyasi o'quv kurslari 5 moduldan iborat bo'lib, modullar orasidagi tanaffus 1 oyni tashkil etdi. Ushbu tanaffus davomida o'quv kursi qatnashchilari murabbiylik topshiriqlarini mustaqil ravishda bajardilar.
Oʼquv kursida Server Jeparov, Xikmat Xoshimov, Ildar Magdiyev, Ilnur Sibagatulin kabi 24 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.