12-fevral kuni Xorazm viloyatida "D" litsenziyasi bo’yicha O’FA murabbiylik kurslari boshlanadi. O’quv kurslari nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi.
"D" litsenziyasi bo’yicha O’FA murabbiylik kurslarida 20 nafar nomzod ta’lim oladi.
Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha "D" litsenziyasini qo’lga kiritishadi.