Toshkent shahrida 4-aprel kuni AFCning “PRO” litsenziyasi uchun murabbiylik kursining 5-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini FIFA instruktori Darsadze Gaioz bajarmoqda. Unga Usmon Toshev assistentlik qilmoqda. Koordinator vazifasini esa Davron Kudratullaev bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda.
O’quv kursi davomida murabbiylar nazariy bilimlarini tekshirish bo'yicha imtixon qilinadi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “PRO” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.