Andijon viloyatida 6-dekabr kuni AFCning “С” diplomi uchun murabbiylik kurslarining 1-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Umarov Baxrom bajarmoqda. Unga Mamatkazin Orif assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Guldayev Lochin bajarmoqda. Mazkur kurslarda 22 nafar murabbiy qatnashmoqda.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “C” diplomini qo’lga kiritishadi.