Andijon viloyatida 22-dekabrdan 27-dekabrgacha kuni AFCning “С” diplomi uchun murabbiylik kurslarining 2-moduli bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Umarov Baxrom bajardi. Unga Mamatkazin Orif assistentlik qildi. Kordinator vazifasini Guldayev Lochin bajardi. Mazkur kurslarda 22 nafar murabbiy qatnashdi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “C” diplomini qo’lga kiritishdi.