Buxoro viloyatida 10-fevral kuni UFAning “D” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslariga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini F.Xamraev bajarmoqda. Unga K.Samiyev assistentlik qilmoqda. Kordinator sifatida esa, N.Rajabov ishlamoqda. Mazkur kurslarda 20 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 7 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Ushbu o’quv kursi 15-fevralga qadar davom etadi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.