Navoiy viloyatida AFC ning “B” diplomi kursi davom etmoqda. Kurs ishtirokchilari instruktor tomonidan nazariy, amaliy ko'rsatmalarni olib kelishmoqda. Kursda sport dietologi Oleg Axmedov ishtirok etdi va u qanday ovqatlanish futbolchilarga yaxshi jismoniy shaklda bo'lishga yordam berishi haqida gapirdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Moyliev Eldor bajarmoqda. Unga Hassanov Zoir assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Ihtiyor Nurullaev bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda.