28-apreldan 3-mayga qadar Karmana shahrida O'FAning “D” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslari bo'lib o'tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Vladimir Kovalenko bajarmoqda. Mazkur kursda 20 nafar murabbiy qatnashdi. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etdi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritishdi.