Nukus shahrida 26-fevral kuni UFAning “D” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslariga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini D.Djalimov bajarmoqda. Unga N.Qutibayev assistentlik qilmoqda. Mazkur kurslarda 20 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 7 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Ushbu o’quv kursi 16-fevralga qadar davom etadi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.