Toshkent shahrida 2-aprel kuni O'FAning “C” litsenziyasi bo'yicha murabbiylik kurslarining 2-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini D.Kim bajarmoqda. Unga R. Kurbanbayev assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa D. Qudratullayev bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O‘FAning murabbiylik bo’yicha “C” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.