Toshkent shahrida 5-iyul kuni AFCning “A” diplomi uchun murabbiylik kurslarining 1-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Usman Toshev bajarmoqda. Unga Dmitriy Kim assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Davron Qudratullaev bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” diplomini qo’lga kiritishadi.