Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” maydonida 31-may kuni AFCning “B” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 1-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Dmitriy Kim bajarmoqda. Unga Bahrom Umarov assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Artur Babadjanov bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.