Toshkent shahrida 21-iyun kuni O'FAning “C” litsenziyasi bo'yicha murabbiylik kursining 1-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Yuriy Arslanov bajarmoqda. Unga Rustambek Kurbanbaev assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Davron Kudratullaev bajarmoqda. Mazkur kursda 19 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O‘FAning murabbiylik bo’yicha “C” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.