Toshkent shahrida 26-aprel kuni AFCning “A” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 2-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini I.Ahmedov bajarmoqda. Unga S. Arslanov assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa F. Rahmanov bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.