Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” maydonida 21 sentabr kuni AFCning “B” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 2-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Yuriy Arslanov bajarmoqda. Unga Vladimir Kovalenko hamda Rustambek Kurbanbaev assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Davron Qudratullaev bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.