Toshkent shahrida 24-may kuni AFCning “A” litsenziyasi uchun murabbiylik kursining 3-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Islam Ahmedov bajarmoqda. Unga Sergey Arslanov assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Farhod Rahmonov bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.