Toshkent shahrida 23-avgust kuni AFCning “A” diplomi uchun murabbiylik kursining 4-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Islam Ahmedov bajarmoqda. Unga Sergey Arslanov assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Farhod Rahmonov bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” diplomini qo’lga kiritishadi.