Toshkent shahrida 6-sentabr kuni O'FAning “D” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslariga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Daulet Djalimov bajarmoqda. Mazkur kurslarda 20 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Ushbu o’quv kursi 11 sentabr qadar davom etadi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.