Toshkent shahrida 3-may kuni “Sport psixologiyasi asoslari” bo’yicha murabbiylik kurslariga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Usova Tatyana bajarmoqda. Mazkur kurslarda 25 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Ushbu o’quv kursi 8-mayga qadar davom etadi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar O‘FAning “Sport psixologiyasi asoslari” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.