Toshkent shahrida O'FAning “C” litsenziyasi bo’yicha murabbiylik kursi davom etmoqda. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Shamil Iseev bajarmoqda. Unga Dauletbay Djalimov assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Rustam Tagaev bajarmoqda. Mazkur kursda 18 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O‘FAning murabbiylik bo’yicha “C” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.