Toshkent shahridagi “Futbol bo’yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi o’quv-mashg’ulot bazasi” (Chig’atoy)da 17-may kuni AFCning “B” litsenziyasi bo’yicha o’quv kursiga start berilgandi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Dmitriy Kim bajarmoqda. Unga Vladimir Kovalenko assistentlik qilmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
Ushbu o’quv kursi kundan-kunga qizg’in tus olmoqda. O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatilmoqda. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishdi.