Toshkent shahrida 17-may kuni AFCning “B” litsenziyasi bo’yicha o’quv kursiga start berilgandi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Yuriy Arslanov bajarmoqda. Unga Eldor Moyliyev assistentlik qilmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 22 mayga qadar davom etadi.
Ushbu o’quv kursi kundan-kunga qizg’in tus olmoqda. O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatilmoqda. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishdi.