Toshkent shahrida 10-yanvar kuni AFCning “PRO” litsenziyasi uchun murabbiylik kursining 4-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini FIFA instruktori Elnur Mammadov bajarmoqda. Unga Islam Akhmedov assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Artur Babadjanov bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “PRO” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.