Toshkent shahrida 9-mart kuni AFCning “B” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 1-moduliga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Y. Arslanov bajarmoqda. Unga E. Moyliyev assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa A.Sagatov bajarmoqda. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.