Toshkent shahrida 12-apreldan 17-aprelgacha AFCning “B” litsenziyasi 1-moduli uchun murabbiylik kurslari bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Dmitriy Kim bajardi. Unga V. Kovalenko assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Davron Qudratullaev ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.