Toshkent shahrida 26-apreldan 1-maygacha AFCning “A” litsenziyasi 2-moduli uchun murabbiylik kurslari bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Islam Ahmedov bajardi. Unga Sergey Arslanov assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Farhod Rahmanov ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.