Toshkent shahrida 20-sentabrdan 25-sentabrgacha AFC “B” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 2-moduli bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Yuriy Arslanov bajardi. Unga Vladimir Kovalenko hamda Rustambek Kurbanbaev assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Davron Qudratullaev ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.