Toshkent shahrida 2-apreldan 7-aprelgacha O'FAning “C” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 2-moduli bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Dmitriy Kim bajardi. Unga Rustam Qurbonboyev assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Davron Qudratullaev ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha “C” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.