Toshkent shahrida 14-sentabrdan 21-sentabrgacha AFC “PRO” diplomi uchun murabbiylik kurslarining 3-moduli o’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Shveytsariyalik Frits Shmid bajardi. Unga Islam Akhmedov va Usman Toshev assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Artur Babadjanov ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “PRO” diplomini qo’lga kiritishadi.