Toshkent shahrida 24-maydan 29-maygacha AFCning “A” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 2-moduli bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Islam Ahmedov bajardi. Unga Sergey Arslanov assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Farhod Rahmanov ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.