Toshkent shahrida 27-sentyabrdan 2-oktyabrgacha AFCning “A” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 3-moduli bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Usmon Toshev bajardi. Unga Dmitriy Kim assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Davron Kudratullaev ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.