Toshkent shahrida 23-avgustdan 28-avgustgacha AFCning “A” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslarining 4-moduli bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Islam Ahmedov bajardi. Unga Sergey Arslanov assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Farhod Rahmanov ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “A” litsenziyasini qo’lga kiritishdi.