Toshkent shahrida 22 dekabr kuni marketing kursi bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Anatoliy Shirov bajardi.
Seminarda futbol klublarini rivojlantirish uchun marketing yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar, klublarning mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda qoʻshimcha daromadlar olish usullari, muxlislarni jalb qilish kabi mavzularda oʻzaro fikr almashildi. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, seminar zamonaviy innovatsion va interaktiv koʻrinishda oʻtkazildi va bu ishtirokchilarning yanada faol boʻlishiga turtki boʻldi.