Toshkent shahrida 11-iyundan 16-iyungacha AFCning “B” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslari bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Dmitriy Kim bajardi. Unga V. Kovalenko assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Davron Qudratullaev ishladi. Mazkur kursda 24 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi.
O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan AFCning murabbiylik bo’yicha “B” litsenziyasini qo’lga kiritishdi.