Toshkent shahrida "Skautlik asoslari" bo’yicha O’FA murabbiylik kursi bo’lib o’tdi. O’quv kurslari nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oldi.
"Skautlik asoslari" bo’yicha O’FA murabbiylik kurslarida 25 nafar nomzod ta’lim oldi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Ilya Shteblov bajardi. Kurs 6 kun davom etdi.
Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar O’FAning "Skautlik asoslari" litsenziyasini qo’lga kiritishdi.