Toshkent shahrida 3-maydan 10-maygacha O‘FAning “Sport psixologiyasi asoslari” sertifikati uchun murabbiylik kurslari bo’lib o’tdi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini Tatyana Usova bajardi.Unga Marina Dorfman assistentlik qildi. Mazkur kursda 25 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi
O’quv kursi davomida ishtirokchilarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan ishtirokchilar O‘FAning “Sport psixologiyasi asoslari” bo’yicha sertifikatini qo’lga kiritishdi.