18 aprel kuni Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida OFKning "А" litsenziyasi uchun murabbiylik kursining 1-moduliga start berildi.
Ushbu kurs jarayonini FIFA instruktori Usmon Toshev boshqarib bormoqda. Instruktor assistenti sifatida Shamil Iseyev faoliyat olib boryapti. Koordinator vazifasini esa yetakchi mutaxassis Davron Kudratullayev bajarmoqda. 20 nafar murabbiylar ishtirok etayotgan mazkur o'quv kursi 6 kun davom etadi. O’quv kursi davomida imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan OFKning murabbiylik bo’yicha “A” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.